Og‘ir qo‘shma shikastlangan bemorlarni davolashda damage control resuscitation (adabiyotlar sharhi)

Авторы

  • V.X. Sharipova, U.M. Abdrimov, M.I. Narimova, Sh.A. Yuldosheva

Аннотация

Qo‘shma jarohat zamonaviy reanimatsiyaning dolzarb va murakkab sohasi bo‘lib qolmoqda.
Og‘ir jarohatda tez rivojlanayotgan patofiziologik buzilishlar darhol va samarali tuzatishni
talab qiladi. Zararni nazorat qilish reanimatsiyasi (Damage Control Recuscitation – DCR)
strategiyasi og‘ir jarohat va gemorragik shok bilan og‘rigan bemorlarni davolashda
koagulopatiya, atsidoz va gipotermiyani erta tuzatishga qaratilgan zamonaviy yondashuv
hisoblanadi. Ushbu sharhda DCRning asosiy patofiziologik asoslari, klinik tadqiqotlar
natijalari va ushbu strategiyani turli shifoxonalarda qo‘llash tajribasi tahlil qilinadi. DCRni
amaliyotda joriy etishdagi muammolar, jumladan, qon komponentlarining cheklanganligi,
laboratoriya diagnostikasi yordami va transfuzion terapiya bilan bog‘liq masalalar ko‘rib
chiqiladi. Resurslari cheklangan sharoitlarda DCRning ayrim komponentlarini moslashtirish
imkoniyatlari hamda klinik amaliyotdagi o‘zgaruvchanlik muhokama qilinadi. Bundan
tashqari, massiv transfuzion protokolini faollashtirish mezonlari, optimal qon komponentlari
nisbati va DCR samaradorligini baholash bilan bog‘liq hal etilmagan masalalar yoritiladi.
Sharhda qo‘shma jarohat bilan og‘rigan bemorlarda klinik natijalarni yaxshilash uchun
moslashtirilgan algoritmlarni chuqur o‘rganish va tadqiq qilish zarurligi ta’kidlangan.

Опубликован

09.08.2026

Выпуск

Раздел

ОБЗОР ЛИТЕРАТУРЫ